12:21 / 02.05.2017
6 354

Twitter 12 ta yangi kanalni translyasiya qiladi

Twitter 12 ta yangi kanalni translyasiya qiladi
Amerikaning Twitter mikrobloglar servisiga egalik qiluvchi shu nomli korporasiyasi 12 ta yangi kanalni translyasiya qilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etmoqchi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Twitter’ning yangi sheriklari qatoriga Bloomberg News, texnik yangiliklar haqidagi maqolalarga ixtisoslashgan The Verge tarmoq resursi, Buzzfeed internet-portali kirdi. Mikrobloglar tarmog‘i orqali Bloomberg yangiliklarining kecha-yu kunduz translyasiyasi olib borilishi, The Verge va BuzzFeed’ning bir qator shoulari namoyish etilishi kutilmoqda. Takliflarning bir qismidan yaqin kunlardayoq foydalanish mumkin bo‘ladi.

«O‘tgan chorakda biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali sport, kibersport, yangiliklar va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar sohalaridagi etakchi brendlarning 800 soatdan ortiq premium-kontentini translyasiya qildik», — dedi Twitter operasiya direktori Entoni Noto. Uning fikriga ko‘ra, Twitter’ning ushbu servisi favquloddi muvaffaqiyatli bo‘lib chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Twitter 12 ta yangi kanalni translyasiya qiladi