Yaponiyaning Sony kompaniyasi so‘nggi moliyaviy chorakdagi natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya 2017 yilning ilk 3 oyida 2,9 million dona PlayStation 4 sotishga erishgan, deb yozadi Terabayt.uz sayti. O‘tgan yilning xuddi shu davrida sotilgan o‘yin pristavkalari soni 2,3 millionni tashkil qilgan edi.
To‘liq moliyaviy yil, ya’ni 2016 yilning 1 aprelidan 2017 yilning 31 martiga qadar 20 million dona video o‘yinlar tizimlaridan sotgan. Bu avvalgi moliyaviy yilga qaraganda 2.3 million dona ko‘p PlayStation 4 sotildi degani. Natijada, Sony jahon miqyosida shu vaqtga qadar 60 million dona bunday modeldagi qurilma sotishga muvaffaq bo‘lgan.
Kompaniya joriy yilda 18 million PlayStation 4 sotmoqchi. 2013 yilda taqdim etilgan video o‘yin konsoli ayni paytda jahon bozorida o‘rtacha 300 AQSh dollaridan sotilmoqda. Hozircha kompaniya tarixidagi eng ko‘p sotilgan o‘yin pristvakasi — PlayStation 3 bo‘lib, jami 80 million tirajda sotilgan.
Garchi, PlayStation 4 hisobiga Sony’ning Game & Network Services bo‘linmasining daromadi 6,3 %ga oshib, $14,73 milliardga etgan bo‘lsa-da, kompaniyaning umumiy daromadi 6,2 %ga qisqarib, $67,88 milliardni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi