21:42 / 24.06.2015
7 066

Lexus parvoz qila oladigan xoverbordni ishlab chiqdi

Lexus parvoz qila oladigan xoverbordni ishlab chiqdi

Toyota avtokonsernining lyuks avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘linmasi – Lexus parvoz qila oladigan skeytbord – xoverbordning amaldagi modelini ishlab chiqdi. Bu haqda RBC.ru'ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

Lexus saytida xabar berilishicha, qurilma suyuq azot bilan sovitilgan yuqori o‘tkazgichlar va magnitlar yordamida ishlaydi. Bloomberg’ning qayd etishicha, hozircha mazkur qurilma sotuv uchun mo‘ljallanmagan.

Agentlikning yozishicha, xoverbord foydalanayotgan tamoyil asosida magnit yostiqchasida harakatlanadigan yapon poezdlari o‘tgan yili tezlik rekordini o‘rnatgan edi. Avvalroq Toyota uchar avtomobillarni ishlab chiqarish haqida o‘ylayotganini ma’lum qilgandi.

Lexus faqatgina maxsus qoplamali sathda ucha oladigan xoverbord prototipini shu yil yozda Barselonada sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Mazkur qurilma haqida 2015 yil 21 oktyabr kuni bo‘ladigan maxsus tadbirda batafsil axborot beriladi.

Ushbu sananing tanlanishiga sabab, 1989 yili suratga olingan «Kelajakka qaytib-2» fantastik filmi qahramonlari aynan shu – 2015 yilning 21 oktyabr kuniga tushib qolishadi. Bu filmda ko‘plab kelajak texnologiyalari ko‘rsatilgan bo‘lib, ular orasida xoverbord ham bor edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Lexus parvoz qila oladigan xoverbordni ishlab chiqdi