O‘zbekistonda One M9 smartfonining modifikasiyalaridan biri HTC One E9+ Dual SIM smartfoni savdosi boshlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz. Bu smartfon One M9 dan korpusi polikarbonatdan emas, balki metalldan yasalgani bilan farq qiladi.
HTC E9+ Dual SIM smartfoni ko‘rsatish qobiliyati 2560x1440 nuqtani tashkil qiladigan va Corning Gorilla Glass 4 himoya qatlami bilan qoplangan 5,2-dyuymli displeydan, 8 yadroli 64 bitli 2 GGs li MediaTek Helio X1 prosessori va grafikaga javob beruvchi PowerVR G6200 prosessori, 3 Gb tezkor xotira, 32 Gb doimiy xotira (microSD slotlari yordamida 128 Gb gacha oshirish mumkin) bilan jihozlangan.
Smartfonda avtofokusli, LED vspishkali, 4K ko‘rsatish qobiliyati bilan suratga oluvchi 20 Mp li asosiy kamera, 13 MP li old kamera o‘rnatilgan. Smartfon akkumulyatori 2800 mA-soatni tashkil qilib, bu kutish rejimida 590 soat ishlash va uzluksiz suhbat rejimida 21 soat ishlash imkonini beradi.
Simsiz tarmoqlarga ulanishga 4G LTE, 3G, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.1 adapterlari javob beradi. NFC texnologiyasi qo‘llab-quvvatlanib, smartfondan navigator sifatida foydalanish mumkin (GPS / A-GPS, GLONASS). Shuningdek, smartfonda microUSB 2.0 porti, 3,5 mm li audioraz’yom, stereodinamikli audiotizim, shovqinni faol bartaraf etuvchi funksiyaga ega mikrofon, akselerometr, giroskop, yaqinlashish datchigi, raqamli kompas, barometr o‘rnatilgan.
Smartfon Nano-SIM kartalari uchun ikkita slotga ega.
Smartfonga operasion tizim sifatida Android 5.0 Lollipop o‘rnatilgan. Smartfon Toshkentdagi “Fleshka” texnika bozorida 2,475,000 so‘m narx bilan, One M9 smartfoni esa 2,8 mln so‘mdan taklif etilmoqda. Ikkala smartfonga KPK.uz internet-do‘konida buyurtma berish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi