Yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalarni internet orqali bepul bilib olish imkoni paydo bo‘ldi

  • 11 may 2017, 23:58
  • 8 193
  • Texnologiya
  • Yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalarni internet orqali bepul bilib olish imkoni paydo bo‘ldi
    O‘zbekistondagi haydovchilar Yo‘l harakati qoidalarini buzganligi, xususan, Toshkent shahri yo‘llariga o‘rnatilgan kameralar va radarlar qaydlariga tushgan yoki tushmaganini mustaqil aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Endilikda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali foydalanuvchilari belgilangan jarimalar xususida ma’lumot olishlari mumkin. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida «Elektron hukumat» markazi direktor birinchi o‘rinbosari Murod Rasulov OAV vakillariga ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz sayti. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha, bu sinov tariqasida ishga tushirilgan.

    Ushbu my2.gov.uz portal orqali istalgan haydovchi kameralar uning mashinasini qoidabuzganlikda aniqlagani yoki yo‘qligini mustaqil ravishda aniqlab olishi mumkin bo‘ladi. Bu esa, uyga jarima xususida maktub kelishidan avvalroq jarimaga tortilgani yoki yo‘qligini bilib olish mumkinligini anglatadi.

    Buning uchun haydovchi dastavval, «Elektron hukumat» avtomobil davlat raqami, transport vositasini qayd etish guvohnomasi seriyasi va raqami, shuningdek, sug‘urta polisi raqamini kiritish lozim bo‘ladi.

    Ushbu xizmat O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi ko‘magida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangilangan namunasida taqdim etiladi.

    Uni UZINFOCOM markazi va «Elektron hukumat»ni rivojlantirish markazi hamkorlikda taqdim etadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    Qoldirilgan fikrlar (1)

    1. Гость Shuhrat27 июня 2019 11:17
      Жарималарни аниклаш учун нима килиш кк
      0
    » » Yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalarni internet orqali bepul bilib olish imkoni paydo bo‘ldi