08:32 / 21.05.2017
6 436

Xitoy o‘ta yengil yangi jangovar vertolyotni namoyish qildi (Video)

Xitoy o‘ta yengil yangi jangovar vertolyotni namoyish qildi (Video)
Xitoyning AVIC konserni quruqlikdagi qo‘shinlarni havodan qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan yangi Z-19E jangovar vertolyotini yaratdi, deb yozadi Kun.uz nashri. Bu vertolyotni Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Z-19’ning eksport modeli bir qator o‘ziga xos ko‘rsatkichlarga ega. Vertolyotning o‘z og‘irligi bor-yo‘g‘i 4250 kg ni tashkil qiladi, shu sababli u real jangovar vaziyatda turli manyovrlarni bajarishga qodir. Mashinaning yengilligi uning jangovar qudratiga aslo ta’sir qilmagan, bundan tashqari, u oddiy Z-19’dan xavfsizroq va shovqinsizroqdir.

Z-19E yot jismlarni parraklarga tortishning oldini oluvchi maxsus tizim bilan jihozlangan. Bu esa vertolyotga minimal balandlikda uchishga va istalgan joyga qo‘nishga imkon beradi.


Vertolyot "havo-er" va "havo-havo" raketalari bilan jihozlanishi mumkin. Shu tariqa, Z-19E vertolyotining asosiy vazifasi dushmanning quruqlikdagi va havodagi texnikasini yo‘q qilishdan iborat. Jangovar mashina istalgan ob-havo sharoitida parvozlarni amalga oshira oladi va quruqlikdagi qo‘shinlarga havodan qo‘mak ko‘rsatishi, tank, BTR hamda erdagi istehkomlarni yo‘q qila olishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoy o‘ta yengil yangi jangovar vertolyotni namoyish qildi (Video)