Sukerberg yaqin kelajakda telepatiya texnologiyasi paydo bo‘lishini bashorat qilmoqda

  • 02 iyul 2015, 12:42
  • 4 894
  • Texnologiya
  • Sukerberg yaqin kelajakda telepatiya texnologiyasi paydo bo‘lishini bashorat qilmoqda

    Mark Sukerberg o‘zining onlayn savol-javoblar anjumanida yaqin kelajakda telepatiya texnologiyasi paydo bo‘lishini bashorat qildi, deb yozadi Kun.uz.

    Facebook asoschisining fikricha, bu texnologiyalar evaziga insoniyat tez sur’atlarda o‘zaro fikr almasha oladi, biroq shu bilan bu texnologiya shaxsiy ma’lumotlarning sir saqlanishi masalasini yanada dolzarbroq bo‘lishiga olib keladi.

    Sukerberg, shuningdek, fikrdoshlarni topishga hamda tasvirni tahlil qilib, u haqidagi ma’lumotni ko‘zi ojiz odamga uzatishga imkon beruvchi sun’iy zakovatni rivojlantirishning muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

    Hozirda Facebook keyingi yildan savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan Oculus VR virtual reallik ko‘zoynaklarini yaratish ustida ish olib bormoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sukerberg yaqin kelajakda telepatiya texnologiyasi paydo bo‘lishini bashorat qilmoqda