22:54 / 28.05.2017
6 201

Samsung suv tushishidan himoyalangan Galaxy Feel smartfonini namoyish qildi

Samsung suv tushishidan himoyalangan Galaxy Feel smartfonini namoyish qildi
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi yapon bozorida yangi Galaxy Feel smartfonini taqdim etdi, deb yozadi Kun.uz nashri. Bu gadjet ishlab chiqaruvchining biror bir smartfonlar qatoriga kirmasligi bilan nom qozondi.

Galaxy Feel kompaniyaning mobil qurilmalari uchun an’anaviy hisoblangan dizaynda ishlangan, kichik farqi - qirralari shaklida. Smartfon yapon bozoridan boshqa bozorlarga chiqish yo chiqmasligi noma’lum.

Qurilma 4,7 dyuymli 1280X720 Super AMOLED ekraniga ega. Smartfon 1,6 GGs chastotali sakkiz yadroli SoC prosessorida ishlaydi. Smartfon 3 Gb operativ va 32 Gb flesh-xotiraga ega. Shuningdek u 16 va 5 Mp'li ikki kamera bilan ta’minlangan.

Yangi smartfon 3000 mAs sig‘imli akkumulyatorda ishlaydi, unda barmoq izlari skaneri mavjud. Gadjet suv tushishidan himoyalangan. Android 7.0 operasion tizimida ishlaydi. Galaxy Feel sotuvlari bilan DoCoMo operatori shug‘ullanadi. U uch xil rangda taqdim etilgan: pushti, oq va qora. Narxi - 325 dollar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung suv tushishidan himoyalangan Galaxy Feel smartfonini namoyish qildi