13:49 / 02.06.2017
8 782

Beeline Buxoroda tarmoq qoplamini kengaytirdi

Beeline Buxoroda tarmoq qoplamini kengaytirdi
Beeline Buxoro viloyati xududida tarmoq hajmi va qoplam doirasi kengaygani haqida xabar beradi

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning Janubi-G‘arbiy hududiy filiali direktori G‘ulom Ortiqov shunday dedi: “Taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yuksak darajada ta’minlash uchun kompaniya doimiy ravishda tarmoq qoplamini kengaytirmoqda. Tarmoqni optimizasiya va modernizasiya qilish bo‘yicha ishlar doimiy ravishda olib borilmoqda, bu esa abonentlarimiz Beeline‘ning yuqori sifatli Internet va ovozli xizmatlaridan foydalanishlariga imkon yaratadi”.

Xizmat ko‘rsatishning darajasi o‘sishi bilan bir qatorda yangi qurilmalar yordamida Beeline tarmog‘ining hajmi ham sezilarli kengaydi. Qo‘shimcha quvvatlarni o‘rnatish natijasida Buxoro viloyatining Peshku va Kogon tumanlarida, shuningdek Buxoro shahrida signal sifati yaxshilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline Buxoroda tarmoq qoplamini kengaytirdi