Yangi kompyuter virusi Fireball foydalanuvchilarning brauzerini boshqarib, ulardagi bosh sahifalarni va qidiruv tizimlarini soxta josus qidiruv tizimlari bilan almashtirishga qodir. Shundan keyin foydalanuvchining trafigi kuzatila va xakerlarga foydalanuvchi haqidagi shaxsiy ma’lumotlar uzatila boshlanadi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislar xitoylik dasturchilar ushbu virusni internet-reklamadan olinadigan daromadni oshirish uchun yaratishganini aytishmoqda.
Ta’kidlanishicha, yangi virus butun dunyo bo‘ylab kamida 250 mln kompyuterni zararlagan.
Eng ko‘p miqdorda kompyuterlar Hindistonda zararlangan – 25,3 mln ta. Bu esa mamlakatdagi barcha kompyuterlarning 10 foizini tashkil qiladi.
Hindistondan keyin virusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar ketma-ketligi quyidagicha ko‘rinish olgan: Braziliya - 24,1 mln kompyuter (mamlakatdagi kompyuterlarning 9,6 foizi), Meksika - 16,1 mln kompyuter (6,4 foiz), Indoneziya – 13,1 mln kompyuter (5,2 foiz), AQSh - 5,5 mln kompyuter (2,2 foiz). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?