20:27 / 07.06.2017
6 361

Xitoylik dasturchilar yaratgan virus 250 mln dan ko‘proq kompyuterni zararladi

Xitoylik dasturchilar yaratgan virus 250 mln dan ko‘proq kompyuterni zararladi
Yangi kompyuter virusi Fireball foydalanuvchilarning brauzerini boshqarib, ulardagi bosh sahifalarni va qidiruv tizimlarini soxta josus qidiruv tizimlari bilan almashtirishga qodir. Shundan keyin foydalanuvchining trafigi kuzatila va xakerlarga foydalanuvchi haqidagi shaxsiy ma’lumotlar uzatila boshlanadi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislar xitoylik dasturchilar ushbu virusni internet-reklamadan olinadigan daromadni oshirish uchun yaratishganini aytishmoqda.

Ta’kidlanishicha, yangi virus butun dunyo bo‘ylab kamida 250 mln kompyuterni zararlagan.

Eng ko‘p miqdorda kompyuterlar Hindistonda zararlangan – 25,3 mln ta. Bu esa mamlakatdagi barcha kompyuterlarning 10 foizini tashkil qiladi.

Hindistondan keyin virusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar ketma-ketligi quyidagicha ko‘rinish olgan: Braziliya - 24,1 mln kompyuter (mamlakatdagi kompyuterlarning 9,6 foizi), Meksika - 16,1 mln kompyuter (6,4 foiz), Indoneziya – 13,1 mln kompyuter (5,2 foiz), AQSh - 5,5 mln kompyuter (2,2 foiz).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoylik dasturchilar yaratgan virus 250 mln dan ko‘proq kompyuterni zararladi