2017 yil oxirigacha O‘zbekiston to‘liq raqamli televideniega o‘tadi

  • 08 iyul 2015, 17:47
  • 4 877
  • Texnologiya
  • 2017 yil oxirigacha O‘zbekiston to‘liq raqamli televideniega o‘tadi

    2017 yil oxiriga qadar O‘zbekiston to‘liq raqamli televideniega o‘tadi. Bu haqda “Infocom.uz”ga tayangan holda “Kun.uz” nashri yozmoqda.

    2006 yili Jenevadagi er usti raqamli uzatish bo‘yicha radioaloqa mintaqaviy konferensiyasi doirasida O‘zbekiston raqamli televediniega bosqichma-bosqich o‘tish to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan edi. Raqamli televidenie mamlakatda 2008 yildan joriy qilina boshlandi.

    Bu jarayon O‘zbekiston prezidentining 2012 yil 17 aprelidagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleuzatishga texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

    Bugungi kunda mamlakatda DVB-T standartidagi 22 dona raqamli televedenie uzatkich o‘rnatilgan. Ular O‘zbekiston aholisining 54 foizini raqamli televidenie xizmatlari bilan ta’minlab kelmoqda.

    2015 yili hukumat tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi er usti raqamli uzatish tarmog‘ini rivojlantirish” investision loyihasi tasdiqlandi. U Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining mahalliy banklar bilan konsorsiumida amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 73.63 mln dollarni tashkil qiladi.

    Birinchi bosqichda (2015-2016) viloyat markazlari va aholi ko‘p hududlarda 90ta yuqori quvvatli raqamli teleuzatkichlar o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Ularning yordamida aholining 98 foizi raqamli televidenie bilan ta’minlanadi.

    Ikkinchi bosqichda (2016-2017) uzoq va aholi kam hududlarda 404 kam quvvatli uzatkichlar o‘rnatiladi. Bunda sun’iy yo‘ldosh xizmatlariga murojaat qilinadi. Ikkinchi bosqichning yakunlanishi natijasida aholining 100 foizi raqamli televidenie bilan ta’minlanadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 2017 yil oxirigacha O‘zbekiston to‘liq raqamli televideniega o‘tadi