Milliy TV telekanali hamda Kartina TV internet-servisi hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
8 iyundan boshlab Milliy TV kontentini xorijda ushbu servis translyasiya qiladi. Endilikda xorijda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar uchun telekanaldagi sevimli ko‘rsatuvlarini tomosha qilish yanada qulay bo‘ladi. Telekanalni portalning “Xalqaro kanallar” (“Internasionalnыe kanalы”) bo‘limidan izlash mumkin.
Kartina.TV servisi orqali Milliy TV telekanal efirlari translyasiyasi televizorda, kompyuterda, planshetda, smartfonda va boshqa uskunalarda ham ko‘rsatiladi.
Kartina.TV bu — xalqaro servis bo‘lib, MDHning 150 dan ortiq kanallari namoyishini taklif qiladi. Dunyoning 100 mamlakatidan 5 milliondan ziyod kishi portalga obuna bo‘lgan. Ulardan 24 foizi AQShda, 7 foizi Buyuk Britaniyada, 52 foizi Germaniyada, 8 foizi Isroilda va 9 foizi boshqa davlatlarda istiqomat qiladi.
Servis turli funksiyalarga ega, jumladan, Time shift funksiyasi vaqt-soatlari turlicha bo‘lgan hududlarda yashovchilarga ko‘rsatuvlarni o‘ziga qulay vaqtda ko‘rish imkonini beradi. Shuningdek, “Eko-rejim” funksiyasida telekanallarni hatto internetning tezligi kam bo‘lganda, 3G va LTE tarmoqlarida ham tomosha qilish mumkin.
Bundan tashqari, Kartina.TVda “Arxiv” funksiyasi ham mavjud, uning yordamida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar servisda 14 kun davomida saqlanib qolinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi