13:46 / 27.06.2017
5 527

Musulmonlar dunyoga sovg‘a qilgan ixtirolar (Parashyut)

Musulmonlar dunyoga sovg‘a qilgan ixtirolar (Parashyut)
Uchish apparatini yaratish g‘oyasi aka-uka Raytlardan ming yil burun musulmon shoiri, munajjimi va muhandisi Abbos ibn Firnasning (Abbas ibn Firnas) xayoliga kelgan edi. U 852 yilda keng matoning orasiga daraxt shoxlarini qalab qushning qanotiga o‘xshatib kengaytiradi va o‘shanga osilib masjid minorasidan sakraydi.

Firnas xuddi qushga o‘xshab uchib ketishdan umid qilgan edi, ammo u o‘ylaganidek bo‘lmadi. U yasagan qanot qo‘nishni sekinlashtirganini hisobga olib, uni birinchi parashyut deb aytish mumkin. Olim bir oz qo‘rqib ketadi va yengil tan jarohati oladi. Firnas etmish yoshga to‘lganida o‘sha apparatini takomillashtiradi va endi u tog‘dan sakraydi. U havoda 10 daqiqa muallaq turadi. Keyin esa apparatiga dum qo‘ymagani oqibatida erga urilib nobud bo‘ladi.


Manba: muslim.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Musulmonlar dunyoga sovg‘a qilgan ixtirolar (Parashyut)