Elektrokarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Lucid Motors kompaniyasi 1000 ot kuchiga Air elektrokarining soatiga 377,29 km tezlikka erishgani qayd etilgan videoni namoyish etdi. Ishlab chiqaruvchi aprel oyida ushbu avtomobilning soatiga 350 kmga chiqqanini ko‘rsatgan edi. Biroq, o‘shanda tezlik dasturiy ta’minot vositasida cheklangani ma’lum bo‘ldi. Yangi natija ushbu avtomobilning haqiqiy eng yuqori tezligidir.
Sinov jarayoni Ohayo shtatidagi maxsus aylana tezlik yo‘lida bo‘lib o‘tgan. Unda test prototipidan foydalanilgan.
Lucid Motors kompaniyasida ta’kidlashlaricha, yuqori natijaga qaramay, bu seriyali avtomobil ega bo‘ladigan yakuniy eng yuqori tezlik emas. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi qanday tezlik birligini eng yuqori natija sifatida qayd eitishi ham noma’lum.
Lucid Air elektrokari o‘tgan yilda namoyish qilingan edi. 4 eshikli mashinaga jami 1000 ot kuchli 2ta elektromotor o‘rnatilgan. U soatiga 100 km tezlikka 2,5 soniyada erishadi. Avvalroq, avtomobilning eng yuqori tezligi soatiga 315 kmni tashkil etishi xabar qilingan edi.
Seriyali avtomobilga 2 to‘plam akkumulyator o‘rnatiladi. Ularning hajmi 100 yoki 130 kVt*soatni tashkil etadi. Avtomobil bir marta quvvatlangach, 640 kilometrlik masofani ortda qoldira oladi.
Lucid Air kelasi yildan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning narxi 100-160 ming dollar bo‘lishi taxmin qilinayapti.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi