17:03 / 13.07.2017
7 856

Dubayda uchar taksini sinab ko‘rishdi (video)

Dubayda uchar taksini sinab ko‘rishdi (video)
Dubay yo‘l va transport boshqarmasi Xitoyning dronlar ishlab chiqaruvchi EHANG kompaniyasi bilan hamkorlikda Dubay fuqarolik aviasiya boshqarmasi poligonida uchar taksini sinovdan o‘tkazdi, deb yozadi Daryo.uz nashri.

EHANG kompaniyasi YouTube’ga joylagan videoda avtonom havo transporti vositasini Burj-Xalifaning yonginasida, shuningdek, Skydive Dubai cho‘l kampusida ko‘rish mumkin.

Dronning uzunligi 3,9 m, kengligi 4,02 m, balandligi 1,60 m bo‘lib, uning og‘irligi yo‘lovchilar bilan birga 360 kilogrammni tashkil etadi va u 3000 metrgacha balandlikda parvoz qila oladi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, yo‘lovchilar o‘z parvozlari jarayonini sensorli ekranda kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.

Xavfsizlik tizimi parvoz chog‘ida birorta nosozlik yuz bergan taqdirda, samolyotning eng yaqin joyga qo‘nishiga imkon yaratadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dubayda uchar taksini sinab ko‘rishdi (video)