Malayziya hukumati Telegram messenjeri orqali uzatiladigan xabarlarni kuzatishda davom etadi, ammo uni bloklamaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Ahmad Zohid Homidiy ma’lum qilgan.
«Ichki ishlar vazirligi, jumladan, aksilterror bo‘linmalar ushbu messenjerda ekstremizm elementlarini aniqlamadi. Lekin biz u erdagi xabarlarni kuzatishda davom etamiz», — deya vazir o‘rinbosari so‘zlarini keltirgan «Izvestiya» nashri.
U shuningdek, Malayziya hukumati ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish huquqini hurmat qilishini qo‘shimcha qilgan.
Bundan avvalroq, Telegram asoschisi Pavel Durov Indoneziyada messenjer bloklanishidan keyin ushbu mamlakat hukumati vakillari bilan uchrashishga rozi ekani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi