15:35 / 18.07.2017
6 653

Krossvord echish aqli zaiflikning oldini olishi aniqlandi

Krossvord echish aqli zaiflikning oldini olishi aniqlandi
Krossvord echish miyaga uzoq istiqbolda ijobiy ta’sir ko‘rsatib, aqli zaiflikning oldini olishda yordam beradi. Bu haqda tadqiqot o‘tkazgan Ekseter universiteti mutaxassislarining hisoboti Alsgeymer uyushmasi xalqaro konferensiyasida taqdim etildi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.

Tadqiqotga 50 yoshdan oshgan 17 ming sog‘lom inson jalb qilindi. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, krossvord ishlaganlar diqqatni jamlash va mushohada yuritish bo‘yicha vazifalarni eng yaxshi bajargan. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, krossvord ishqibozlarining miyasi qolganlarnikiga nisbatan o‘n yilga yoshroqday ishlaydi.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, hayot tarzining bunday o‘ziga xosliklarini aniqlash juda muhim, negaki ular Alsgeymer xastaligi hamda aqli zaiflikning boshqa shakllariga qarshi profilaktik chora sifatida ishlatilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Krossvord echish aqli zaiflikning oldini olishi aniqlandi