19:17 / 19.07.2017
5 484

Google Glass ko‘zoynaklari sotuvga qaytarildi

Google Glass ko‘zoynaklari sotuvga qaytarildi
Alphabet X kompaniyasi (ilgari Google deb atalgan Alphabet xoldingi tarkibiga kiradi) Google Glass Enterprise Edition to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklarini taqdim etdi. Google ko‘zoynaklari 2015 yili ishlab chiqarilmay qo‘ygan edi, shundan beri ular birinchi marta sotuvga qaytarilishi. Bu haqda «Meduza»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Yangi Google Glass korporativ mijozlarga mo‘ljallangan bo‘lib, xodimlari qo‘lsiz ma’lumot olishni ma’qul ko‘radigan korxonalarga etkazib beriladi.

Ilgari ishlab chiqarishda Google Glass’dan foydalangan kompaniyalar orasida DHL, General Electric, Volkswagen va boshqalar bor.

Alphabet X saytida ta’kidlanishicha, yangi Google Glass qo‘l bilan ishlaydigan odamlarga mo‘ljallangan. Uskuna turli ma’lumotnoma va instruksiyalarga tezkor murojaat qilish yoki harakat yo‘nalishi haqida ma’lumot olishda qulaylik yaratadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google Glass ko‘zoynaklari sotuvga qaytarildi