21:19 / 19.07.2017
5 603

Apple sobiq kreativ direktori: Apple smartfonlar bozoridagi raqobatda Samsung’dan ortda qolishi mumkin

Apple sobiq kreativ direktori: Apple smartfonlar bozoridagi raqobatda Samsung’dan ortda qolishi mumkin
Apple’da Stiv Jobs davri tugadi: korporasiya smartfonlar bozoridagi raqobatda Samsung’dan ortda qolishi mumkin. Bu haqda Apple sobiq kreativ direktori Xyu Dyuberli ma’lum qildi, deb [leech=https://]yozadi[/leech] Daryo nashri.

«Samsung yaxshiroq bo‘lib qolgani yo‘q, Apple butkul o‘zgardi. Stiv Jobsga xos bo‘lgan shiddat tugadi», — ta’kidladi Samsung’da ham faoliyat yuritgan Dyuberli.

Gazetaga ko‘ra, Galaxy S8 dan o‘tib ketish uchun Apple yangi va g‘ayrioddiy mahsulotni taqdim etishi lozim. Qolaversa, Consumer Reports nashri Samsung flagmanini innovasiyali dizayni sababli iPhone 7 ga nisbatan yuqori baholadi.

Ma’lumot uchun, yangi iPhone joriy yil kuzida Apple yillik taqdimotida namoyish etiladi. Uning yangi dizayn, 5,8 dyuymli romsiz displey, simsiz quvvatlagich va ekranga joylashtirilgan qo‘l izlari skaneriga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple sobiq kreativ direktori: Apple smartfonlar bozoridagi raqobatda Samsung’dan ortda qolishi mumkin