Olimlar o‘z-o‘zini ma’lum bir vaqtdan keyin yo‘q qilib yuboruvchi yangi materialni yaratdi. Taxminlarga ko‘ra, bu farmakologiya bozori hamda chiqindilarni qayta ishlash sanoatida inqilobga olib kelishi mumkin, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Tadqiqot ustida Germaniyaning Myunxen texnika universiteti kimoygarlari ishladi. Natijalar borasidagi hisobot Nature Communications jurnalida chop etildi. Material supramolekulyar deb ataluvchi molekulalardan tashkil topgan. Ularga o‘zining dastlabki shaklini saqlab qolishlari uchun unchalik katta bo‘lmagan energiya zarur bo‘ladi. Shundan so‘ng energiya tugaydi, molukulalar deformasiyalanadi, material esa parchalanib o‘zini o‘zi yo‘q qiladi.
Bunga qadar inson hayot tarzi oqibatida paydo bo‘lgan chiqindilar yillar davomida yig‘ilib yotardi, yoki yangi mahsulot ishlab chiqarishda kerak bo‘ladigan materiallar tayyorlash uchun qayta ishlanardi. Bular atrof muhitni ifloslantiribgina qolmay, ko‘p vaqt, energiya va material sarfiga olib keladi. Yangi ixtiro esa chiqindilarni qayta ishlashni qisman bekor qilishga olib kelishi mumkin.
Hozircha olimlar ushbu materialdan ovqat hazm qilish tizimining ma’lum qismlari uchun kerak bo‘ladigan dori vostilarini etkazib berishda foydalanishni rejalashtirmoqda. Dori vositasi joylashgan qobiq organizmdagi kerakli organga borib etganida parchalanadi. Bundan tashqari ixtiro o‘chib ketadigan siyohlarni yaratishda ham ishlatilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi