Xitoyda o‘zga sayyoraliklarni izlovchi ulkan teleskop qurildi

  • 07 avgust 2017, 08:38
  • 4 324
  • Texnologiya
  • Xitoyda o‘zga sayyoraliklarni izlovchi ulkan teleskop qurildi
    Xitoylik olimlar diametri 500 metr keladigan radioteleskop barpo etishdi, deb yozmoqda Kun.uz.

    Teleskop Guychjou tog‘ darasida o‘rnatildi. Hukumat observatoriya ishiga hech narsa halal bermasligi uchun 9 ming kishini boshqa erga ko‘chirib o‘tkazgan. FAST tizimi qurilishiga 180 mln dollar sarflangan. Bu loyihani amalga oshirish uchun esa 5 yil ketgan.

    Radioteleskopni o‘zga sayyoraliklarni izlash, ularning signallarini ushlash, qora materiya va boshqa galaktikalarni o‘rganish uchun qo‘llash mumkin bo‘ladi. Olimlar dastlab bu teleskopda pulsarlar, ekzosayyoralar, qora tuynuklar va o‘zga hayotlar alomatlarini qidirishmoqchi.

    » » Xitoyda o‘zga sayyoraliklarni izlovchi ulkan teleskop qurildi