13:29 / 12.08.2017
5 137

Jahonning eng robotlashgan mamlakatida «robotlar solig‘i» joriy etiladi

Jahonning eng robotlashgan mamlakatida «robotlar solig‘i» joriy etiladi
Janubiy Koreya robotlar uchun soliq joriy qiladigan jahonning birinchi davlati bo‘ladi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Bunday tashabbusdan ko‘zlangan maqsad mamlakatda ishsizlar soni o‘sayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 2017 yili ishsiz fuqarolar soni 1,17 million kishini tashkil etdi.

Shu bilan bir paytda, Janubiy Koreya jahonning eng robotlashgan mamlakati hisoblanadi — ishlab chiqarishning 10 ming xodimiga 531 «aqlli» mashina to‘g‘ri keladi.

«Robotlar solig‘i» kompaniyalarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishdan voz kechib, jonli kuchga murojaat etishga undashi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Jahonning eng robotlashgan mamlakatida «robotlar solig‘i» joriy etiladi