13:49 / 17.08.2017
9 790

Evropadagi peshqadam brendlar va eng yaxshi sotilayotgan smartfonlar

Evropadagi peshqadam brendlar va eng yaxshi sotilayotgan smartfonlar
Canalys marketing tadqiqotlari kompaniyasining hisob-kitoblaridan ma’lum bo‘lishicha, 2017 yilning ikkinchi choragida Huawei kompaniyasi Markaziy va G‘arbiy Evropa mamlakatlarida smartfon sotish bo‘yicha Apple'ni ortda qoldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, aprel, may va iyun oylarida Evropada 15,6 mln dona smartfon sotilgan. Ularning 32% qismi Samsung hissasiga to‘g‘ri keladi. Koreyalik mazkur bozorda asosan Galaxy A va J turkumiga xos smartfonlarni sotgan.

Evropa bozoridagi yaqqol peshqadamlikda keyingi o‘rin Huawei'ga nasib qilgan. Uning bu bozordagi ulushi 12%. Xitoylik ishlab chiqaruvchining Evropa bozorida Huawei P10 Lite smartfoni, ayniqsa yaxshi sotilmoqda.

Nihoyat, Apple Markaziy va G‘arbiy Evropadagi smartfon bozorlarida yaxshi sotilayotgan navbatdagi ishlab chiqaruvchi. U o‘zidan bir pog‘ona yuqorida turgan raqibiga qaraganda 50 000 dona kamroq smartfon sotgan. So‘nggi chorakda Evropa bozorida sotilgan smartfonlarning 11 foizini ayfonlar tashkil qiladi. Ayfonlar orasida iPhone 7 yaxshi sotilmoqda.

Evropa smartfon bozoridagi yana bir kutilmagan yangilik -- Xiaomi kompaniyasining eng yaxshi sotilayotgan brendlar to‘rtligidan o‘rin olgani bo‘ldi. Uning Ovro‘po gadjetlar bozoridagi ulushi 7% ni tashkil qilmoqda. Ayniqsa, Redmi 4A bu bozorda ko‘p va xo‘p sotilmoqda. Kuchli beshlikni 5 foizlik ulush bilan Lenovo yakunlab bergan. Bu brendning Lenovo P2 gadjetlari nisbatan yaxshi ommalashgan.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Evropadagi peshqadam brendlar va eng yaxshi sotilayotgan smartfonlar