13:03 / 18.08.2017
10 163

OAV: Rossiyada plastik pullar paydo bo‘ladi

OAV: Rossiyada plastik pullar paydo bo‘ladi
Rossiya banki 200 rubllik yangi kupyurani muomalaga kiritish chog‘ida polimer singdirilgan moddadan foydalanish niyatida. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Mamlakat Markaziy bankidan ma’lum qilishlaricha, bunday texnologiya pullarni “himoyalaydi” hamda ularni “plastikli”ga aylantiradi.

“Biroq, bunday pulning salbiy tomonlari ham bor. Ekspertlarning baholashicha, polimer pullar bilan ularni utilizasiya qilishda muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Polimerni faqatgina yoqish mumkin, bu esa ekologiyaga zarar etkazadi. Bundan tashqari, bunday pullarni ishlab chiqarish qog‘ozli kupyuraga qaraganda ancha qimmatroqqa ham tushadi”, - deya xabar beradi nashr.

Aniqlik kiritilishicha, hozirgi paytda pul kupyuralari tarkibida 100 foiz paxta bo‘lgan qog‘ozdan tayyorlanadi.

Avvalroq Angliya banki 10 funtlik yangi plastmassa pulni muomalaga chiqarishi xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OAV: Rossiyada plastik pullar paydo bo‘ladi