15:20 / 18.08.2017
7 992

AKT Vaziri: Maqsad - limitsiz internet tariflarini joriy etish

AKT Vaziri: Maqsad - limitsiz internet tariflarini joriy etish
Xalqaro press-klubning 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan anjumanida mobil internetdan foydalanish muammolari ham muhokama qilindi. Xususan, jurnalistlar mobil internetda Tas-IX tarmog‘i qachon bepul bo‘lishi haqidagi savol bilan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatovga murojaat qildi.

Sherzod Shermatov maqsad faqat Tas-IX tarmog‘idan foydalanishni osonlashtirish emas, balki qaysi tarmoqda bo‘lishidan qat’iy nazar, internet uchun limitsiz tariflarni ishlab chiqish bo‘lishi lozimligini ta’kidladi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Bu masala bo‘yicha bir fikrni aytmoqchiman. «Tas-IX bepul, xalqaro internet pullik», degan qarashlardan voz kechishimiz kerak. Bizning vazifamiz — limitsiz (unlimited) tariflarni joriy etish, shunday tariflarga o‘tish.

Tashqi internet kanali sig‘imini oshirish, boshqa telekommunikasiya tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib boriladi. Agar to‘liq limitsiz tariflarga o‘tiladigan bo‘lsa, Tas-ix va xalqaro internet haqidagi savollarning o‘zi yo‘qqa chiqadi.

O‘ylaymanki, telekommunikasiya tarmoqlari yanada rivojlanganidan so‘ng, limitsiz tariflarga ko‘proq o‘tish imkoniyatlari ochiladi.

Sherzod Shermatov, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AKT Vaziri: Maqsad - limitsiz internet tariflarini joriy etish