15:31 / 18.08.2017
6 569

Galaxy Note 8 bilan birga ilg‘or treker ham taqdim qilinadi

Galaxy Note 8 bilan birga ilg‘or treker ham taqdim qilinadi
Evan Blass, IT-olamida "Evleaks" nomi bilan tanilgan ekspert Gear Fit 2 Pro — Samsung'ning yangi bilak-gadjetiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

"Aqlli braslet"ning 23 avgustda bo‘lib o‘tadigan Galaxy Note 8 taqdimoti mobaynida namoyish etilishi taxmin qilinmoqda. Gadjet old paneli qayrilma AMOLED-displeydan iborat.

Gear Fit 2 Pro suvdan himoyalanganlik bo‘yicha kuchli bosimga dosh beradi va 5 ATM darajasini olgan bo‘lib, u bilan bemalol 50 metrgacha chuqurlikdagi suv tubiga tushish mumkin. Bu borada devays avvalgi modellarga qaraganda ancha ilg‘or. Shuningdek, Gear Fit 2 Pro'da suzish bilan shug‘ullanuvchi profesionallarga mo‘ljallangan Speedo On maxsus ilovasi ham mavjud.

Elektron brasletga xos yana bir o‘ziga xos jihat — Spotify musiqiy xizmatini offlayn-rejimda ham qo‘llab-quvvatlashidir. Gear Fit 2 Pro "ajdodi" kabi, GPS-modulga ega bo‘lgan. Brasletni iOS hamda Android operasion tizimida ishlaydigan gadjetlarga ulash mumkin, shuningdek sport ilovalari ishlab chiqaruvchi Under Armour kompaniyasining raqamli xizmatlariga bir yillik obuna bo‘ladi.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Galaxy Note 8 bilan birga ilg‘or treker ham taqdim qilinadi