01:56 / 20.08.2017
6 122

Evropada eng yaxshi smartfon va kamerafon mukofotlandi

Evropada eng yaxshi smartfon va kamerafon mukofotlandi
EISA — audio- va videotexnika bo‘yicha Evropa jurnallari assosiasiyasi mintaqada ommalashgan eng yaxshi surat oluvchi kamerafonlar hamda bir qator ilg‘or gadjetlar nomlarini e’lon qildi. Aytish joizki, EISA assosiasiyasiga Evropaning 23 davlatidan audio va video texnologiyalar mavzusini yorituvchi 50 ta ixtisoslashgan jurnal a’zo bo‘lgan.

O‘tkazilgan bu yilgi tadqiqotlarda Xitoyning Huawei P10 smartfoni «Yilning eng yaxshi mobil kamerasi» degan nomga sazovor bo‘ldi. EISA vakillarining so‘zlariga ko‘ra, gadjet dizaynidan tortib, qo‘sh kamera texnologiyasigacha "ajdodlari"dan tubdan farq qiladi. Bosh kameraning portret janrida sifatli suratga olishi boshqa brendlarning ilg‘or flagmanlarnikidan sezilarli darajada ustun.

«Eng yaxshi mobil audio-quloqchin» nominasiyasida JBL Everest Elite 750NC naushniki tengsiz deb topilgan. Bu modelga xos ustun jihatlar qatorida EISA ekspertlari naushnikning Bluetooth yordamida boshqa qurilmalar bilan sifatli aloqa bog‘lashi hamda shovqinni pasaytiruvchi faol tizimni ta’kidlaganlar. Shu bilan birga, bu audio-quloqchinlar musiqani to‘xtovsiz 20 soat olib uzatish quvvati egaligi ham diqqatga sazovor.

«Mavsumning bilak gadjeti» yo‘nalishida esa Huawei Watch 2 smart-soatlari tengsiz deb topilgan. EISA tomonidan e’tirof etilishicha, devaysda mavjud 4G aloqa moduli undan smartfonsiz ham foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. Shuningdek, gadjetning afzalliklari qatoriga GPS-treker hamda yurak urishini nazorat qiluvchi datchikni aytish mumkin. Bu esa faol sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratadi.

«Eng yaxshi smartfon» nomi esa Samsung Galaxy S8 hamda Galaxy S8+ flagmanlariga nasib qildi. EISA mutaxassislari romsiz dizayndagi jozibador mobil aloqa vositalariga maftun bo‘lishgan ko‘rinadilar. Apparat ekranining 18 ga 9 standartida ishlab chiqilgani, diagonal kattalashgan bo‘lsa-da, bu smartfon o‘lchamiga ta’sir qilmagani assosiasiya a’zolari tomonidan qayd qilingan. Shu bilan birga, devaysning kuchli platformaga egaligi, ilg‘or kamera bilan ta’minlangani, ko‘z qorachig‘i skaneri alohida e’tirof etilgan.

«Iste’molchilarga ko‘ra eng yaxshi smartfon» nominasiyasida esa Honor 8 Pro g‘olib bo‘lgan. Uning 5,7 dyuymli displeyining sig‘imi yuqori -- QHD. Shuningdek, kuchli Kirin 960 prosessori va 6 GB "operativka" bilan smartfon mintaqada ommalashib ulgurgan. Qolaversa, smartfon qadog‘idan Google Cardboard virtual voqelik ko‘zoynagi sifatida foydalanish mumkinligi ham devaysga xos jihatlar qatoridan o‘rin egallagan.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Evropada eng yaxshi smartfon va kamerafon mukofotlandi