12:43 / 21.08.2017
6 662

Xiaomi "aqlli krossovka"ni $30 dollardan sotuvga chiqardi

Xiaomi "aqlli krossovka"ni $30 dollardan sotuvga chiqardi
Xiaomi kompaniyasi smartfon yoki noutbuk ishlab chiqarish bilan kifoyalanib qolayotgani yo‘q. Uning Mijia brendi texnologiyani kundalik vositalar, hattoki kiyim-kechaklar bilan ham omixtalashtirishga harakat qilmoqda. Jumladan, kompaniya yaqinda Xiaomi Free Tie Leather nomli "aqlli krossovka"ni taqdim qilgan edi. Ayni paytda bu oyoq kiyimi 30 dollardan sotuvga chiqarildi, deb yozmoqda «Terabayt» nashri.

Krossovkani ishlab chiqarish asosan qo‘l ishini talab qiladi. Bu oyoq kiyimi qalin charmdan tayyorlangani unda ventilyasiya teshiklari borligi uchun yurganda yumshoq va havo almashishi uchun qulay. Shuningdek, g‘ovaksimon charm patak, maxsus pishiq rezinadan ishlangan tagcharmdan tashqari, krossovkadagi svetodiodli yoritish tizimi, prosessor va Bluetooth 4.0 moduli uning o‘ziga xos jihatlari sirasiga kiradi.

Mazkur oyoq kiyimi Android 4.4 yoki iOS 8.0 va ulardan keyingi dasturiy tizimlarda faoliyat ko‘rsatadi. Xiaomi Free Tie Leather bosib o‘tilgan qadam va sarf qilingan kaloriyani hisob-kitob qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi "aqlli krossovka"ni $30 dollardan sotuvga chiqardi