16:32 / 24.08.2017
6 246

Beeline Business Bee-service xizmatini ishga tushirdi

Beeline Business Bee-service xizmatini ishga tushirdi
Beeline Business Bee-service xizmati ishga tushirilganligi haqida xabar beradi. Mazkur xizmat yordamida korporativ mijozlar hujjatlarning skanner qilingan qog‘ozli nusxalarisiz tarif rejalarini o‘zgartirishlari, qo‘shimcha xizmatlarni yoqishlari/o‘chirishlari, shuningdek abonent raqamini blok holatiga tushirishlari/chiqarishlari mumkin. Buning uchun [email protected] elektron manziliga so‘rov yuborish lozim.

Elektron so‘rovlar har kuni soat 9:00dan 22:00gacha umumiy navbat tartibida ko‘rib chiqiladi. 22:00dan keyin yuborilgan so‘rovlar undan keyingi kunda ko‘rib chiqiladi. Xizmatni yoqtirish uchun Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limida qo‘shimcha bitim imzolash, shuningdek so‘rovlar amalga oshiriladigan elektron manzilni ko‘rsatish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline Business Bee-service xizmatini ishga tushirdi