23:02 / 25.08.2017
6 980

2025 yilda uchar taksilar xizmati yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

2025 yilda uchar taksilar xizmati yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
Joriy yilning bahorida Germaniyaning Lilium startapi vertikal parvozli uchar qurilmaning birinchi prototipini sinovdan o‘tkazdi. Endi esa kompaniya aviataksi biznesini yo‘lga qo‘yishda yordam berishlari uchun Gett va Airbus menejerlarini yolladi. Hi-News shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.

Ilgari Gett servisining Yevropa bo‘limini boshqargan fizik Remo Gerber kompaniyada tijorat direktorining o‘rnini egalladi. Lilium 2025 yilga borib, o‘zining uchar taksilar servisini yaratmoqchi, shunday ekan, uning tajribasi kompaniyaga foyda berishi aniq. Gerber investorlarni izlab, moliyaviy ishlar boshqaruvini o‘z zimmasiga oladi.

"Bizning kompaniyamiz boshqalardan to‘liq hajmli ishchi prototipga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, Lilium'da ajoyib mutaxassislar ishlaydi. Biz birgalikda vertikal parvoz qiluvchi yo‘lovchi aviataksilar yaratilishi ustida ishlashda davom etamiz", - deydi Gerber.

Dirk Gebser Airbus'dagi yig‘ish bo‘limini boshqargan va Rolls-Royce'da ishlab chiqarish direktori bo‘lib ishlagan. Lilium'da ham yig‘ish bo‘limini boshqaradi, zero kompaniya shaxsiy uchar qurilmalarini ishlab chiqarmoqchi.

Kompaniya ilk uchar taksisining parvozini 2019 yilda amalga oshirishni rejalashtirmoqda.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2025 yilda uchar taksilar xizmati yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda