10:21 / 27.08.2017
5 344

Mirzo Ulugbek Innovation Center Innovatsiya markazi buyurtmalarni qabul qilishni boshladi

Mirzo Ulugbek Innovation Center Innovatsiya markazi buyurtmalarni qabul qilishni boshladi
Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi 2017 yilning 25 avgustidan boshlab buyurtmalar qabul qila boshladi hamda o‘zining rasmiy saytini ishga tushirdi, deb yozmoqda «Uz24» nashri.

Buyurtmalar onlayn rejimda uning rasmiy sayti orqali qabul qilinadi. Shuningdek, buyurtmalar shaxsan yoki pochta aloqasi orqali ham qabul qilinadi.

O‘zbekistonning qaysi hududida ro‘yxatdan o‘tganligidan qat’iy nazar, barcha yuridik shaxslar Innovatsiya markazining rezidenti maqomini olishga nomzod bo‘lishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 30 iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan tashkil etilgan.

“Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazining asosiy maqsadi – AKT sohasida ishlab chiqarish, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini chuqurlashtirish, shuningdek, iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalari rivoji uchun qulay sharoitlarni yaratishdir.

Prezident farmoni bilan Innovatsiya markazi ishtirokchilariga bir qator imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilgan. Jumladan, 2028 yilning 1 yanvar kuniga qadar markaz rezidentlari soliq va majburiy to‘lovlardan ozod etildilar. Rezident ishchilar uchun daromadlar jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan qayd qilingan stavka bo‘yicha 7,5 foiz soliq undirilishi, Pensiya jamg‘armasiga 4,5 foiz stavka bo‘yicha sug‘urta badallari to‘lashlari ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mirzo Ulugbek Innovation Center Innovatsiya markazi buyurtmalarni qabul qilishni boshladi