Dunyoning eng yirik Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg ikkinchi farzandining dunyoga kelgani haqida xabar berdi.
"Qadrli Avgusta, bu dunyoga xush kelibsan! Onang va men sening kim bo‘lib voyaga yetishingni sabrsizlik bilan kutamiz", - deb yozadi Sukerberg o‘zining Facebook sahifasida.
Ta’kidlash joizki, Sukerberg bundan avval qizi dunyoga kelganidan so‘ng ikki oy dekret ta’tilini olishini aytgandi. U Facebook rahbariyati ota-onalarga 4 oylik dekret ta’tilini berishini qayd etgan.
Mark Sukerberg — 33 yoshli ishbilarmon, Facebook ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi. Harvard universitetining ikkinchi kursidan o‘qishni tashlab, o‘zini butkul biznesga bag‘ishlagan. 2017 yilning birinchi yarim yilligida ijtimoiy tarmoqning faol foydalanuvchilar soni o‘rtacha 2,01 milliard kishiga oshdi. 2012 yilda Sukerberg Prissilla Changa uylangan, 2015 yilning dekabrida esa ular ilk marta ota-onalik baxtiga erishishgan. Juftlikning birinchi qiziga Maksima deya ism qo‘yishgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Isroil Eronga kerakli vaqtda javob qaytarishga va’da berdi