10:30 / 03.09.2017
6 720

Shimoliy Koreyada vodorod bombasi yaratilgani ma’lum qilindi

Shimoliy Koreyada vodorod bombasi yaratilgani ma’lum qilindi
Koreya markaziy telegraf agentligi Shimoliy Koreyada vodorod bombasi yaratilganini ma’lum qildi. Yangi ishlanmalar bilan Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning shaxsan o‘zi tanishgan.

Koreya markaziy telegraf agentligi xabarida aytilishicha, Kim Chen In yadro quroli instituti olimlari bilan uchrashgan. Olimlar Kim Chen Inga mamlakat harbiy salohiyati kuchayishida ancha tarraqqiyotga erishilganini ma’lum qilishgan. Xususan, ular Kim Chen Inga ballistik raketaga o‘rnatish mumkin bo‘lgan vodorod jangovar kallagini namoyish qilishgan.

Shimoliy Koreya rahbari olimlarga shaxsiy texnologiyalarga tayanib termoyadro quroli yaratishayotgani uchun minnatdorlik bildirgan. U partiya topshirig‘i bilan berilgan ishlar uzilishsiz borayotganidan mamnuniyat bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, vodorod bombasi Shimoliy Koreyaga zarur bo‘lgan miqdorda yadro qurolini yaratishga imkon beradi.

Avgust oxirida Shimoliy Koreya “Xvason-12” ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Shimoliy Koreya qo‘mondonligining ta’kidlashicha, raketa AQShning Tinch okeanidagi Guam oroligacha yetib bora oladi. Sinov vaqtida raketa Yaponiyaning Xokkaydo oroli ustidan uchib o‘tib, suvga tushgan. Pxenyan bu sinovlarni AQSh bazasiga hujum oldidan “muqaddima” deb atagan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Shimoliy Koreyada vodorod bombasi yaratilgani ma’lum qilindi