19:41 / 05.09.2017
5 724

Falcon Heavy raketasining quruqlikdagi sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi

Falcon Heavy raketasining quruqlikdagi sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi
SpaceX kompaniyasi Mak-Gregordagi (Texas shtati) sinov maydonida o‘ta og‘ir Falcon Heavy raketasining quruqlikdagi sinovlari birinchi bosqichini yakunladi. Bu haqda «Forbes»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Kompaniya sinovlarga ko‘p marotaba ishlatiladigan uchta Falcon 9 raketasini safarbar qildi. Ulardan biridan oldinroq Xalqaro koinot stansiyasiga yuklar yetkazishda foydalanilgandi.

SpaceX asoschisi Ilon Mask sinovlardan so‘ng atigi bir oy o‘tib raketa koinotga uchirilishi mumkinligini va’da qildi.

Noyabr oyidagi ilk parvoz muvaffaqiyali yakunlansa, Falcon Heavy dunyoda eng qudratli raketaga aylanadi va Oy hamda Marsga uchishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Falcon Heavy raketasining quruqlikdagi sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi