12:55 / 06.09.2017
5 511

Samsung iPhone 8 dagi kabi «kesimli» ekranni patentladi

Samsung iPhone 8 dagi kabi «kesimli» ekranni patentladi
Ekran qurilmaning butun old panelini egallasa, old kamerani qayerga ko‘chirish kerak? Bu muammoni qator ishlab chiqaruvchilar ekran o‘rtasidagi kesim yordamida yechdi: Essential Phone, bo‘lg‘usi iPhone 8 va ma’lum bo‘lishicha, bo‘lg‘usi Galaxy S va Note qurilmalari ham ana shunday kesimga ega bo‘ladi. Bu haqda «Hi-tech.mail.ru»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.

Internetda paydo bo‘lgan patent chizmalari Samsung yangi qurilmalari ekrani smartfon tepa qismining eng chekkasigacha borishini ko‘rsatadi, kichik kesimda esa old kamera, dinamika va turli datchiklar joylashadi. Kesim Essential Phone va iPhone 8 ekranlariga g‘oyatda o‘xshash.

Patent Janubiy Koreyada 2016 yilning mayida topshirilgan, bu yuqoridagi ikki ishlab chiqaruvchining loyihalari oshkor bo‘lishidan ancha oldindir.

Ammo patent kompaniyaning bunday qurilmani chiqarish niyatini bildirmasligi ham mumkin, chunki ishlab chiqaruvchilar o‘z xodimlari ish olib borayotgan har qanday g‘oyalarni patentlab qo‘yishga moyil bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung iPhone 8 dagi kabi «kesimli» ekranni patentladi