15:15 / 10.09.2017
6 832

12 sentyabrda iPhone 8 bilan birga iPhone X smartfoni ham taqdim etilishi kutilmoqda

12 sentyabrda iPhone 8 bilan birga iPhone X smartfoni ham taqdim etilishi kutilmoqda
Apple korporatsiyasining 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan taqdimotida uch smartfon namoyish etiladi: iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X. So‘nggisining nomi Bloomberg tomonidan oshkor etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, iPhone X premium versiyali smartfon sifatida taqdim etiladi, iPhone 8 va iPhone 8 Plus esa avvalgi modellarning yangi avlodi hisoblanadi.

iPhone X smartfonining premium xususiyatlari orasida Face ID - yuzdan taniy olish funksiyasini qayd etish mumkin, natijada gadjetni Touch ID'ga qo‘l tekkizmay blokdan yechish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, iPhone X foydalanuvchining yuzini skanerlashi va uni emojiga aylantira olish xususiyatiga ega. Model nomi birinchi iPhone'ning 10 yillik yubileyi sharafiga berilgan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilinadi Bloomberg'da.

Amerikaning Apple korporatsiyasi 12 sentyabr kuni namoyish qilinadigan yangi smartfoni hoshiyasiz displey bilan ta’minlanishi kutilmoqda. AQShning o‘zida yangi smartfon narxi taxminan 900 dollardan boshlanishi qayd etilgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 12 sentyabrda iPhone 8 bilan birga iPhone X smartfoni ham taqdim etilishi kutilmoqda