08:00 / 12.09.2017
5 010

Xiaomi yangi noutbuk va smartfonlarini namoyish etdi

Xiaomi yangi noutbuk va smartfonlarini namoyish etdi
Xiaomi kompaniyasi yangi noutbuk va smartfonlarini namoyish qildi. "Layfxaker" shu haqidagi ma’lumotlari bilan bo‘lishdi.

Xiaomi Mi Notebook Pro
Noutbuk kulrang metall korpusga ega bo‘ldi. Displey Gorilla Glass 3 shishasi bilan himoyalangan, tapchad esa barmoq izlari skaneriga o‘rnatilgan. Mi Notebook Pro klavishlari xuddi shu diagonaldagi MacBook Pro'dan 19 foizga katta. Klaviatura chiroqlarga ega.

Korpusga HDMI o‘yma, ikki USB-A, SD-kartrider, ikki USB Type-C va quloqchinlar uchun 3,5 millimetrli o‘yma joylangan. Noutbukning og‘irligi 1,95 kilogramm, o‘lchamlari esa 360,7 × 243,6 × 15,9 millimetrni tashkil qiladi. Mi Notebook Pro batareyasi tezkor zaryadlash tizimini qo‘llab-quvvatlaydi: 35 daqiqada akkumulyator 50 foizga to‘ladi.

Noutbuk Intel Core i5 yoki Coffee Lake avlodining i7 protsessorida ishlaydi. Asosiy versiyada 256 Gb'li SSD-disk o‘rnatilgan, korpusda yana bir disk uchun o‘yma mavjud. Grafika uchun NVIDIA GeForce MX150 diskaret videokartasi mas’ul. Operativ xotira 8 yoki 16 Gb bo‘lishi mumkin.

Core i5 protsessor va 8 Gb operativ xotirali Mi Notebook Pro versiyasi - 5 599 yuan, Core i7 va 8 Gb versiyasi esa - 6 399 yuan. Core i7 va 16 Gb'li maksimal to‘plam esa - 6 999 yuan.

Xiaomi Mi MIX 2

Mi MIX 2 tomonlari 18X9 bo‘lgan 5,99 dyuymli displeyga ega. Kompaniya birinchi versiya (Mi MIX) displeyi yuzasini 91,3 foizdan ikkinchi versiya (Mi MIX 2)da 93 foizgacha kattalashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Dizayn deyarli o‘zgarmagan, faqat pastki hoshiya kichraygan. Smartfon korpusi keramikadan, orqa tomoni esa metall hoshiyadan ishlangan. Kamera ob’ektiviga tilla bilan ishlov berilgan. Hoshiyalarning yo‘qligi tufayli frontal kamerani pastki qismga ko‘chirishga to‘g‘ri keldi. Mi MIX 2'da esa yuqori qismi juda tor panjarali oddiy dinamik joylangan.

Shuningdek Mi MIX 2'ning oq korpusli maxsus versiyasi ham bor.

Mi MIX 2'ning 64 Gb'li versiyasi narxi 3 299 yuanni tashkil qiladi, 128 Gb - 3 599 yuan va 256 Gb - 3 999 yuan.

Xiaomi Mi MIX 2 xususiyatlari:
  • Displey: 5,99 dyuym, 2 160 × 1 080 piksel;
  • Protsessor: Snapdragon 835;
  • Xotira: 6 Gb operativ va 64, 128 yoki 256 Gb ichki xotira;
  • Kamera: 12 Mp — asosiy, 5 Mp — frontal;
  • Akkumulyator: 3 400 mAs tezkor zaryadli Quick Charge 3.

Xiaomi Mi Note 3

Mi Note 3 smartfoni Mi 6 flagmanining kattalashtirilgan versiyasidir. Ularning dizayni bir xil: metall ramka va orqa tomonda shisha. Shuningdek smartfon ikki karra optik zumli ikki 12 megapikselli kamerani ham "o‘zlashtirgan". Barmoq izlari skaneri displey ostiga joylangan.

Protsessor sifatida top Snapdragon 835 emas, o‘rtacha narx segmentidagi Snapdragon 660 chipi tanlangan. Displey diagonali 5,5 dyuymni tashkil qiladi, o‘lchamlari - 1 920 × 1 080 piksel.

Qora rangdagi 64 Gb'li Mi Note 3 versiyasi 2 499 yuanga baholandi. 128 Gb xotirali variant narxi esa - 2 899 yuan. Havorang korpusli smartfon 2 999 yuanga tushadi.

Xiaomi Mi Note 3 xususiyatlari:
  • Xotira: 6 Gb operativ va 64 yoki 128 Gb ichki.
  • Kamera: 12 + 12 Mp — asosiy, 8 Mp — frontal.
  • Akkumulyator: 3 500 mAs tezkor zaryadli Quick Charge 3.
.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi yangi noutbuk va smartfonlarini namoyish etdi