10:26 / 20.09.2017
6 201

Endi istalgan Android-smartfonni iPhone X’ga aylantirish mumkin!

Endi istalgan Android-smartfonni iPhone X’ga aylantirish mumkin!
Bu yil smartfonlar olamida romsiz dizayn urfga kirdi, ular orasida iPhone X hamda Essential Phone modellarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Chunki bu ikki qurilma ekranining yuqori qismida dinamik, old kamera va boshqa sensorlar uchun «o‘yiq» joy ochilgan. Ammo endi istalgan Android-smartfon ekranini shu ko‘rinishga keltirish mumkin, deb yozadi neowin.net.

Agarda siz ham o‘zingizning Android qurilmangiz ekrani xuddi iPhone X’nikidek ko‘rinishini istasangiz, Smartphone upgrader 2017 ilovasi yordamida buni amalga oshirsangiz bo‘ladi. U ekranning burchaklarini dumaloqlashtiradi va tepa qismida, xuddi iPhone X yoki Essential Phone smartfonlaridagi kabi o‘yiq joy hosil qiladi.

«Ayfonlashtiruvchi» ilovaning sozlamalarida ekran burchaklarining dumaloqlik darajasini hamda tepa qismidagi o‘yiq o‘lchamini sozlash imkoni taqdim etiladi. Qora tusdagi hududlar barcha ilovalardan ustun tarzda aks ettiriladi (buning uchun ilovaga tegishli ruxsat taqdim etishingiz kerak bo‘ladi). Biroq holat qatoridagi belgichalar – ikonkalarni u yopib qo‘ymaydi.

Smartphone upgrader 2017 ilovasini Android-smartfoningizga mana bu yerdan ko‘chirib olib o‘rnatishingiz mumkin. Samarasi yaxshiroq aks etishi uchun uni old paneli qora, ekrani esa AMOLED-displey bo‘lgan qurilmalarda qo‘llash tavsiya etiladi.

Manba: «Terabayt»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Endi istalgan Android-smartfonni iPhone X’ga aylantirish mumkin!