18:47 / 20.09.2017
6 573

Telegram’ning Osiyodagi ishida uzilishlar ro‘y berdi

Telegram’ning Osiyodagi ishida uzilishlar ro‘y berdi
Telegram osiyolik foydalanuvchilar servisni ishlatishda texnik nosozliklar tufayli qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida xabar berdi. Bu haqda kompaniyaning Twitter’dagi bayonotida aytiladi, deb yozadi Kun.uz sayti.

"Singapurdagi Telegram serverlari klasteridagi bosh tarmoq kommutatori o‘chib qoldi. Uzilishlar osiyolik foydalanuvchilarni qamrab oldi. Vaziyatni o‘rganmoqdamiz hamda unga yechim topish uchun harakat qilayapmiz!", - deya yozilgan kompaniyaning Twitter’dagi sahifasida.

Telegram ma’lumotlariga ko‘ra, messenjer ishidagi uzilishga Singapur klasterida elektr energiyasining o‘chib qolishi sabab bo‘ldi.

Avvalroq Telegram servisning Germaniya, Iroq hamda MDHning qator davlatlari, birinchi navbatda O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Belarusdagi ishida nosozlik kuzatilganini xabar bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram’ning Osiyodagi ishida uzilishlar ro‘y berdi