09:38 / 22.09.2017
5 385

Shveysariyaliklar Lamborghini Aventador S uslubida yaratilgan soatni taqdim etdi

Shveysariyaliklar Lamborghini Aventador S uslubida yaratilgan soatni taqdim etdi
Roger Dubuis manufakturasi Lamborghini’ning sport bo‘limi — Squadra Corse bilan hamkorlikda Excalibur Aventador S skeletonini (ochiq mexanizmli soat) ishlab chiqardi. Bu haqda «Motor» nashriga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Yangi mexanizmga ikkita balans g‘ildirakchalari o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan biri qo‘lda vaqti-vaqti bilan burashga mo‘ljallangan bo‘lsa, ikkinchisining zaxirasi 40 soatga yetadi. Soat italyan mashina brendida foydalaniladigan, Lamborghini tomonidan ishlab chiqarilgan ko‘p qatlamli uglerod tolasi, C-SMC karbon tolali kompozit va titandan ishlangan.

Soatning ayrim qismlari Lamborghini’ning rangiga — sariq Giallo Orion va to‘q sariq Aransio Argos’ga bo‘yalgan.




Kompaniya sariq rangli skeletondan 88 nusxada, to‘q sariqlisidan esa sakkiz dona ishlab chiqaradi. Birinchi soatning narxi 194 500 dollar, ikkinchisiniki 216 000 ming dollar bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Shveysariyaliklar Lamborghini Aventador S uslubida yaratilgan soatni taqdim etdi