19:00 / 27.09.2017
5 239

iPhone 8 va 8 Plus egalari allaqachon muammolardan shikoyat qila boshlashdi

iPhone 8 va 8 Plus egalari allaqachon muammolardan shikoyat qila boshlashdi
Apple kompaniyasining yangi taqdim etgan modellari odatda muammosiz chiqmaydi, faqat iPhone 7 modeligina bundan mustasno bo‘lgan. Ammo sakkizinchi ayfonga kelib, kompaniya yana «ishkal» chiqardi. Bu haqda «AppleInsider» nashriga tayanib «Terabayt.uz» xabar berdi.

MacRumors qo‘llab-quvvatlash forumi ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim iPhone 8 hamda iPhone 8 Plus egalari shikoyat qila boshlashgan. Ular telefonda gaplashish chog‘ida dinamikdan jonga teguvchi shovqin chiqayotganidan nolishgan. Ko‘rinadiki, mazkur muammo AQShdan tortib Avstraliyagacha bo‘lgan barcha hududlarda va asosiysi – ko‘p sonli foydalanuvchilarda uchramoqda. Bu esa qurilmaning dasturiy ta’minotida yakuniga yetmagan o‘rinlar mavjudligidan dalolat beradi.

Nuqsonning aynan dasturiy ta’minot bilan bog‘liqligini ko‘rsatuvchi omil ham mavjud: bu shovqinni bartaraf etish uchun tashqi garniturani ulash yoki muloqotni dinamik orqali gaplashish rejimiga o‘tkazish kifoya.

«Bu – yuqori chastotali chirsillagan tovush, xuddi audiokolonka yonida telefon jiringlaganida chiqadigan ovozga o‘xshash, – deb yozishmoqda forumda. – Quloqchin yoki dinamik rejimiga o‘tganda bu shovqin yo‘qoladi. Shuningdek, telefondagi suhbatdoshga ham u eshitilmaydi».

Xabarda aytilishicha, Apple’ning AQShdagi bo‘linmasi xodimlari bu masala bo‘yicha o‘z javobini bergan. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ishonadigan bo‘lsak, «mazkur muammo foydalanuvchilarning kam foizida uchramoqda, u dinamikning shikastlanishi bilan bog‘liq emas va navbatdagi yangilanishlardan birida bartaraf etiladi».

Mazkur nuqson iOS 11.0.2 operatsion tizim talqini bilan yo‘qolishidan umid qilishmoqda. Kutaylik-chi...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 8 va 8 Plus egalari allaqachon muammolardan shikoyat qila boshlashdi