Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg AQSh prezidenti Donald Trampning Facebook unga nisbatan dushmanlarcha siyosatni olib borayotgani haqidagi tanqidiga javob qildi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
«Tramp aytishicha, Facebook unga qarshi ekan. Liberallar aytishicha, biz Trampga saylovda g‘olib chiqishga yordam berganmiz. Ikkala tomon ham o‘zlariga yoqmagan g‘oyalar va kontent uchun xafa bo‘lmoqda. Barcha g‘oyalar uchun ochiq platformani boshqarish mana shunaqa bo‘ladi», — deb yozdi Sukerberg Facebook’dagi sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShdagi so‘nggi prezident saylovlari «nomzodlarning jamoatchilik bilan muloqotining asosiy usuli internet bo‘lgan birinchi saylovlar» bo‘lgan.
«Saylovlardan keyin men Facebook’dan ovoz berish yakunlariga ta’sir qilish uchun foydalanish — jinnilik deb aytdim. Bu kamsitib gapirish bo‘lgan ekan, bu gaplarimdan afsusdaman», — deya xulosa qildi Sukerberg. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?