17:04 / 04.10.2017
5 296

Instagram «Stories»ga so‘rov stikerlarini qo‘shdi

Instagram «Stories»ga so‘rov stikerlarini qo‘shdi
Instagram’dagi «Hikoyalar» (Stories)da stiker paydo bo‘ldi, uning yordamida obunachilar va shunchaki qidiruv orqali foto yoki videoni ko‘rganlar orasida so‘rovlar o‘tkazish mumkin, deb yozadi TJournal. So‘rov natijalari umumiy tomoshabinlar ro‘yxatida chiqariladi: ularni post muallifi va ovoz berib bo‘lganlar ko‘rishi mumkin.

«Hikoyalar» bo‘limidagi har qanday post kabi, so‘rov bir sutka davomida ishlaydi. Natijalar real vaqt davomida yangilanadi: respondentlarning umumiy ro‘yxatini, shuningdek, har bir obunachining aniq tanlovini ko‘rish mumkin. So‘rovlar stikerini ham fotosuratga, ham videoga qo‘yish mumkin.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram «Stories»ga so‘rov stikerlarini qo‘shdi