16:27 / 11.10.2017
6 176

Telegram’ning rus tilidagi yangi versiyasi ishga tushdi

Telegram’ning rus tilidagi yangi versiyasi ishga tushdi
Telegram messenjeri yaratuvchilari joylashuv funksiyasi bo‘lgan rus tilidagi 4.4 yangilangan versiyasini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya blogida ma’lum qilindi. Bu haqda «Vedomosti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Foydalanuvchilarda ayni paytdagi joylashuv joyini real vaqt rejimida istalgan chatlarda translyatsiya qilish imkoni paydo bo‘ldi.

Messenjer asoschisi Pavel Durov «VKontakte»dagi sahifasida ruscha Telegram dunyoga kelganligi haqida e’lon qildi. Bu uning tug‘ilgan kuni — 10 oktyabrga to‘g‘ri keldi.

Yangi versiyada rus, ukrain, fransuz, Indoneziya va Malayziya tillari mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram’ning rus tilidagi yangi versiyasi ishga tushdi