21:03 / 12.10.2017
7 600

Eng yangi josus-samolyotning ilk surat va videosi paydo bo‘ldi

Eng yangi josus-samolyotning ilk surat va videosi paydo bo‘ldi
Northrop Grumman kompaniyasi bugungi kunda Model 401 nomi bilan yuritiluvchi istiqbolli samolyotining ilk kadrlarini namoyish etdi. Videoda bo‘lg‘usi harbiy samolyotning ilk parvozi aks etgan, deyiladi Kun.uz nashrida.

Reaktiv samolyot 11 metr uzunlikka ega. Samolyot Pratt & Whitney JTD15D-5D dvigateli bilan ta’minlangan bo‘lib, 0,6 Max tezlikka erishishi va uch soat to‘xtamay parvoz qilishi mumkin.

Uning parvoz og‘irligi 3600 kilogrammni tashkil qiladi, bo‘m-bo‘sh samolyot og‘irligi esa ikki karra yengil - atigi 1800 kilogramm.

Rasmiy matbuot relizida yozilishicha, Model 401 ilg‘or, uncha qimmat bo‘lmagan texnologiyalarni namoyish qilish hamda AQSh hukumati manfaatlarini ko‘zlovchi tadqiqot pavrozlari uchun yaratilgan. Bunday samolyotning aynan qanday missiya uchun mo‘ljallangani borasida aniq ma’lumot berilmagan, biroq ekspertlar ikki omilga e’tibor qaratishmoqda.

Birinchisi - samolyotning o‘lchamlari va og‘irligi, samolyot zamonaviy uchar qurilmalardan ancha yengil, uni yengil avtomobil og‘irligiga qiyoslash mumkin.

Ikkinchisi - samolyotning tashqi ko‘rinishi va zamonaviy havo kemalariga o‘xshash fyuzelyaj hamda qanotlari shakli, ular nisbatan kamroq seziladigan texnologik xususiyatlarga ega. Ba’zi ekspertlar bu ishlanmaning General Atomics kompaniyasining Predator C Avenger stels-uchuvchisiz qurilmasi loyihasiga o‘xshashligini qayd etishdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Eng yangi josus-samolyotning ilk surat va videosi paydo bo‘ldi