11:07 / 15.10.2017
5 983

«Apple» kompaniyasi Janubiy Koreyaning «LG» kompaniyasi bilan hamkorlikda egiluvchan smartfonlar yaratishni boshladi…

«Apple» kompaniyasi Janubiy Koreyaning «LG» kompaniyasi bilan hamkorlikda egiluvchan smartfonlar yaratishni boshladi…
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, «LG Display» «Apple»ning egiluvchan smartfonlar yaratish haqidagi buyurtmasini qabul qildi. Buning uchun alohida jamoa ham tuzib chiqildi, deb yozadi Hordiq.uz.

Aslida Janubiy Koreyada egiluvchan smartfonlar ishlab chiqarish bo‘yicha «Samsung» korporatsiyasi yetakchi hisoblanadi. Ammo amerikalik hamkorlar texnik maxfiy sirlar ochilib qolmasligini hisobga olgan holda «LG» bilan hamkorlik qilishni ma’qul topdi.

Bu smartfonlar «iPhone X» deb nomlanib, displey Janubiy Koreya mutaxassislari tarafidan tayyorlab beriladi. Qolgan texnik ishlar, smartfonning boshqa qismlari bilan bog‘liq ishlarni «Apple» mutaxassislari amalga oshiradi. Taxminlarga ko‘ra, bu smartfonlar 2020 yili tayyor bo‘ladi va sotuvga qo‘yiladi.

Smartfonlar egiluvchan materiallar asosida ishlab chiqariladi. Korpusi esa metall, keramika va shishadan tayyorlanishi mo‘ljallangan. Smartfonning egilishini nanotrubkalar ta’minlaydi. Nanotrubkalar deformatsiyaga chidamli. Shu sababli ular displeydan tortib kamera, korpus, kabellarni ham o‘z boshqaruviga oladi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil yozida «Lenovo» kompaniyasi ikki xil egiluvchan smartfonlar turini sotuvga chiqargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Apple» kompaniyasi Janubiy Koreyaning «LG» kompaniyasi bilan hamkorlikda egiluvchan smartfonlar yaratishni boshladi…