01:07 / 18.10.2017
6 461

Jek Ma yaqin kelajakda neftdan ham muhimroq narsa nima bo‘lishi mumkinligini aytdi

Jek Ma yaqin kelajakda neftdan ham muhimroq narsa nima bo‘lishi mumkinligini aytdi
30 yildan keyin internet neftdan muhimroq bo‘ladi. Raqamli texnologiyalar ko‘plab muammolarga yechim bo‘ladi va ular odamlarni baxtliroq qilgan holda barqaror rivojlanishga ko‘mak beradi, globallashuv esa tekislashadi. Bunday fikrni Alibaba Group asoschisi, xitoylik tadbirkor Jek Ma "Skolkovo"dagi "Ochiq innovatsiyalar" forumida aytib o‘tdi.

Milliarderning fikricha, dunyoni to‘liq elektron tijorat va elektron iqtisodiyot kutmoqda: ishlab chiqarishda yangi ish o‘rinlari tashkil etilmaydi, sababi ishlab chiqarish bilan sun’iy ong shug‘ullanadi, iste’molchilarga esa mahsulot qayerda ishlab chiqarilganining farqi bo‘lmay qoladi.

"Yaqin orada mahsulot Xitoyda, AQShda yoki yana boshqa biror joyda ishlab chiqarilgani ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Ishlab chiqarish bilan sun’iy ong shug‘ullanadi, odamlar esa boshqa narsalar bilan mashg‘ul bo‘ladilar", deb aytgan Ma.

Shu bilan birga Ma odamlar mashinalar ularning o‘rinlarini egallab olishidan xavotirlanmasalar ham bo‘lishini aytdi. "Ha, vaqti kelib mashinalar odamlar kabi ko‘p bo‘ladi. Biroq odamlar odamlar bo‘lib qoladilar, chunki ularda qadriyatlar mavjud", deb aytdi Ma.

"Fikrimcha, dunyoga "katta yigirmatalik" emas, "katta ikki yuztalik" kerak bo‘ladi", deb o‘z so‘zini intiholadi Ma.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Jek Ma yaqin kelajakda neftdan ham muhimroq narsa nima bo‘lishi mumkinligini aytdi