Telegram messenjeri jamoasi Android- va iOS-qurilmalar uchun yangilangan ilovasini taqdim etdi. 4,5 versiyada ommaviy jo‘natishda video va suratlar alohida albomlarga ajratiladi (har birida 10tadan), xabarlarni qabul qiluvchi esa ular haqida bir necha emas, bir martagina xabardor qilinadi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Endi jo‘natilayotgan surat va roliklar miniatyuralardan iborat chiroyli to‘rga aylantiriladi, ularni jo‘natayotgan odam qaysi ketma-ketlikda ko‘rsatilishini ham belgilash imkoniga ega. Profil suratlari ham shu tarzda tashkillashtiriladi.
Bundan keyin muhim xabarlarni tanlanganlar safi - foydalanuvchining personal “buluti”ga qo‘shish imkoni mavjud, bu yerda multimedia kontenti ham saqlanishi mumkin. “Tanlanganlar”ga “Chatlar” orqali o‘tish mumkin.
Bundan tashqari, messenjer ishlab chiquvchilari qidiruv algoritmlarini ham yaxshilashdi, bu sizni qiziqtirgan ommaviy kanallar, guruhlar va chat-botlarni tezroq topish imkonini beradi. Eng mashhur kanal va botlar doim oldingi qatorlarda ko‘rsatiladi.
Kanallar ma’murlariga muhim yozuvlarni ro‘yxat boshiga mahkamlash imkoni berildi.
Telegram'ning yangi versiyasi iPhone X egalarini xursand qiladi: messenjer interfeysi sozlamalar ekrani va chatlardagi kontekst menyu Apple'ning yangi smartfoniga moslashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi