Shanhay davlat kompaniyalari innovatsiya loyihalariga 121 mlrd dollar sarmoya kiritadi

  • 17-11-2017, 18:46
  • 1 340
  • Texnologiya
  • Shanhay davlat kompaniyalari innovatsiya loyihalariga 121 mlrd dollar sarmoya kiritadi
    Xitoyning Shanxay davlat kompaniyalari megapolisda yuqori texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish loyihalariga yaqin besh yil mobaynida har yili 800 mlrd yuan (121 mlrd dollar) miqdorida sarmoya kiritadi. Bu haqda “Shanxay jibao” nashriga tayanib “Kun.uz” yozmoqda.

    Mablag‘lar yuqori texnologiyalar sohasidagi eng istiqbolli loyihalarga ajratiladi. Bundan tashqari, muqobil energiya manbalari va yangi materiallar bo‘yicha tadqiqot ishlariga sarflanadi. Shuningdek, davlat kompaniyalarining boshqaruv tuzilmalarini optimallashtirish va ularning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha choralar belgilangan, deb yozadi TASS.

    Nashrning yozishicha, 2013 yildan beri Shanxay davlat kompaniyalari turli xil tadqiqot innovatsiyaviy loyihalar va rivojlanish ishlariga 110 mlrd yuan (16 mlrd dollar) sarmoya kiritib keladi. Shahar ma’muriyati shu yilning avgust oyida davlat kompaniyalari bilan 220 mlrd yuan (33 mlrd dollar) mablag‘ni 20 foizga oshirishga kelishib olgan. Bu, o‘z navbatida, megapolisni global innovatsiya markaziga aylantirishi kerak.

    2016 yili XXR hukumati Shanxayni 2020 yilgacha global innovatsiya markaziga aylantirish loyihasini qo‘llab-quvvatlagan edi. Bu maqsadga erishish uchun shahar hokimiyati turli choralarni ko‘rmoqda.

    » » Shanhay davlat kompaniyalari innovatsiya loyihalariga 121 mlrd dollar sarmoya kiritadi